21 January 2021

"Chiroyli raqamlar" aksiyasi qishning so‘ngi kunlariga qadar UZTELECOM abonentlariga iliqlik baxsh etadi!


Sinoptiklarning bashoratiga ko‘ra, sovuq kunlar hali oldinda ekan, lekin bu faqat UZTELECOM abonentlari uchun emas! "Chiroyli raqamlar" aksiyasini biz ishonchli va nufuzli mobil aloqa operatorining abonenti bo'lishni istaganlar uchun 2021-yilning 28-fevraliga qadar uzaytirishga qaror qildik!

Yana bir yarim oy davomida siz pullik toifadagi "chiroyli" raqamlarni 98% chegirma bilan 1021 , 2021 yoki 4021 so'm evaziga qo‘lga kiritishingiz mumkin!


Eslatib otamiz, ushbu Aksiyada jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Aksiyada ishtirok etadigan tariflar doirasi juda keng bo‘lib, bu yangi abonentlarga eng maqbul va mos tarif rejasini tanlashga imkon beradi.

Jismoniy shaxslar uchun GSM tariflari - "Street", "OnLime", "Flash", "Ishbilarmon", "Street Upgrade", "Royal", "Flash Upgrade", "TA'LIM", "Units 7000", "Units" 10000 ","Units 13000 "," Units 17000 " va " Units 21000 ".

Yuridik shaxslar uchun GSM standart tariflari - "Business Voice / 25/35/50/70 / Royal", "Ishbilarmon" va " TA'LIM for corporate".

Jismoniy/yuridik shaxslar uchun CDMA tariflari - "Oddiy", "Optimal", "Ajoyib", "Oddiy +", "Optimal +" va "Ajoyib +".

Shuni ta’kidlash joizki, "Raqam ijarasi" xizmati ushbu aksiya doirasida ishtirok etmaydi.

Aksiya bo‘yicha “Chiroyli raqamlar”ni kompaniyaning sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida, hamda dilerlik savdo nuqtalarida ham olish mumkin.

UZTELECOM - Milliy operatori.

Aksiya yuzasidan batafsil ma'lumot mazkur havolada 



Yangilik bilan ulashish: