02 May 2022

“HAYIT MUBORAK”, aziz O‘zbekistonliklar!



Muborak Ramazon Hayiti bayrami munosabati bilan UZTELECOM atigi 700 so‘mlik bayramona paketlarni taqdim etadi!

Muborak Ramazon oyining 30 kuni ortda qoldi, oldimizda esa musulmon ahlining eng intiqib kutgan ayyomi, ma’naviy-axloqiy poklanish ramzi bo‘lmish Ramazon Hayiti kutmoqda. Mana shunday uzoq kutilgan kun munosabati bilan 2022-yil 2-maydan 4-mayga qadar UZTELECOM milliy operatori “HAYIT MUBORAK” maxsus aksiyasini ishga tushiradi.

“HAYIT MUBORAK” – bu 700 so‘mlik ramziy to‘lov evaziga daqiqalar va SMSlar, megabaytlar va UNITSlardan iborat bo‘lgan bayramona to‘plamlar.
 

Paket nomi

Trafik

Ogohlantirish chegarasi

Narxi

Amal qilish muddati

Daqiqalar/SMS

700 daq/700 SMS

5%

700 so‘m

3 kun

Internet

700 MB

5%

700 so‘m

3 kun

UNITS

700 UNITS

5%

700 so‘m

3 kun

CDMA

700 daq/700 SMS

5%

700 so‘m

3 kun


O‘zingizga kerakli paketlardan birini tanlab, kerakli resurslarni atigi 700 so‘m evaziga 3 kunlik muddatga faollashtirishingiz mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tamizki, siz taklif etilgan to‘plamlardan faqat birini faollashtirishingiz mumkin.

To‘plamlarning birini USSD-so‘rov (CDMA uchun – SMS) orqali, call-markaz operatorlari yordamida yoki UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida faollashtirishingiz mumkin.
 

Nomi

Faollashtirish

Daqiqalar/SMS

USSD orqali: *800*1*1#, sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida, call-markaz yordamida

Интернет

USSD orqali: *800*2*1#, sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida, call-markaz yordamida

UNITS

USSD orqali: *800*3*1#, sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida, call-markaz yordamida

CDMA

SMS xabarlarni 800 raqamiga “700” matnli SMS-xabar yuborish orqali, sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida, call-markaz yordamida


Aksiya ishtirokchilari – GSM/CDMA mobil tarmog‘ining jismoniy va yuridik abonentlari.

Fursatdan foydalanib, UZTELECOM milliy operatori barchani Ramazon Hayiti bilan tabriklab, eng ezgu tilaklar, sihat-salomatlik, cheksiz baxt, tinchlik va farovonlik tilab qoladi.

Hayit muborak azizlar!

Aksiya shartlari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

UZTELECOM – Milliy operator.



Yangilik bilan ulashish: