17.07.2020

MyUztelecom - bu bonuslarni ulashadigan ilova!




UZTELECOM mobil aloqa abonentlari uchun ulkan bonuslarni kutib oling! Faqat 2020 yil 17 iyuldan 31 avgustgacha MyUztelecom universal ilovasini yuklab olib, undan foydalanganda siz sovg'a sifatida 50 dan 3750 MB gacha Internet-to'plamlar egasi bo'lasiz!

Qulay bo'lgan My Uztelecom mobil ilovasi - bu Milliy Operator abonentlari uchun xizmatlarni boshqarishda yagona yordamchiga aylanadigan universal yechim. My Uztelecom yordamida siz aloqa va boshqa xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirishingiz, Internet-to'plamlarni xarid qilishingiz, operator xizmatlarini ulashingiz va o'chirishingiz mumkin.

Endi MyUztelecom orqali xizmatlarni boshqarish va to'lash nafaqat tez, balki foydalidir! Ilovani yuklab oling va 3 kun muddatga taqdim etiladigan 500 MB Internet trafikka ega bo'ling. Ammo bu hammasi emas! Aksiya davrida har safar mobil ilova orqali raqamingiz shaxsiy hisobiga to'lov amalga oshirganingizda va Internet-to'plam xarid qilganingizda siz 3- 7 kun muddatga taqdim etiladigan yuqori tezlikdagi sifatli mobil Internet uchun MEGABAYTLAR egasi bo’lasiz. Masalan, hisobingizni 10 000 so'mdan 24 999 so'mgacha to'ldirganda, siz 100 MB sovg'a olasiz! Va nominal qiymati 5 000 MB bo'lgan Internet-to'plam xarid qilganda siz 250 MB bonus trafikka ega bo'lasiz!

Aksiya UZTELECOM GSM mobil aloqa tarmog'ining abonentlari jismoniy shaxslarga, shuningdek «Aktiv» holatida «Mobil byudjet» xizmatiga ega korporativ mijozlar uchun amal qiladi.

Ushbu yozda «MyUztelecom» universal mobil ilovasidan foydalangan holda UZTELECOMdan qaynoq bonuslarga ega bo'ling!

MyUztelecom ilovasini quyidagi havolalardan yuklab oling:
 


Aksiya haqida batafsil ma’lumotlar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

UZTELECOM - Milliy operator



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing