29 December 2020

MyUZTELECOM mobil ilovasi 2021-yilda ham bonuslar sovg‘a qilishda davom etadi


 

Yangi yil eshik qoqmoqda, biz esa abonentlarimizni ajoyib yangiliklar bilan xursand qilishda davom etamiz. Abonentlarimizning ko‘plab iltimoslariga ko‘ra, yangi yilda ham “MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalaning va bonusli Internet-paketlarga ega bo‘ling” aksiyasi bo‘yicha bonuslar taqdim etishda davom etamiz.

Endilikda aksiya 2021-yilning 31-avgustiga qadar amal qiladi. MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalaning va bonusli Internet-paketlarga ega bo‘ling. MyUZTELECOM mobil ilovasini yuklab olsangiz, Internet-paketlarni harid qilsangiz va hisobni ilova yordamida to‘ldirsangiz, Siz foydalanish muddati 7 kungacha bo‘lgan 50 MB dan 3750 MB gacha hajmdagi bonusli Internet-paketlar sohibiga aylanasiz.

MyUZTELECOM ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin: 
 

  •  Android  platformasi uchun
  •   iOS platformasi uchun

    Ushbu aksiya haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

    UZTELECOM – Milliy operator.

 



Yangilik bilan ulashish: