30.11.2019

Tunlar uzoq, tezlik esa yuqori!


Qish faslida kunlar qisqarib, tunlar uzayadi. Aynan shu sabab ham foydalanuvchilar asosiy vaqtini Internet tarmog‘ida o‘tkazishadi. Abonentlarimizni qo‘llab-quvvatlagan holda, 2019 yilning 1 dekabridan 2020 yilning 29 fevraliga qadar “O‘zbektelekom” AK “UNLIM” tarif rejalari seriyasi foydalanuvchilari uchun maxsus qishki aksiyani taqdim etadi.

Aksiyaning muhim jihati shundaki, tungi soat 00:00 dan kunduzi soat 12:00 ga qadar internet tezligining yaqqol ortishidir. Shu bilan birga, abonent to‘lovi avvalgi darajada qoldiriladi!!!

“UNLIM” tarif rejalari seriyasida Internet tarmog‘iga ulanish tezligi ulanish texnologiyasiga muvofiq tungi vaqtda 6/40/100 Mbit/s gacha oshiriladi.
 

Tunda yuqori tezlik, kayfiyat esa – butun qish kunlari a’lo darajada!

Batafsil ma'lumot

 

 



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing