05 August 2020

UZTELECOM GSM standartidagi abonentlar uchun “OLTIN” raqamlarga “Qaynoq chegirmalar” e’lon qiladi!



CHIROYLI RAQAMLARGA 40% dan 90%gacha CHEGIRMALAR? Bunday imkoniyat faqatgina bizda mavjud!

Chiroyli, oson eslab qolinadigan raqamlar sohibi bo‘lish – bu nafaqat hashamat belgisi, balki qulaylik hamdir. Endilikda siz ham arzon narxlarda ishonchli aloqaga ega istagingizdagi “oltin” raqam sohibi bo‘lishingiz mumkin! UZTELECOM milliy mobil operatori bizning yangi abonentimiz bo‘lish istagida bo‘lganlar uchun ulkan aksiyani e’lon qiladi!

2020-yilning 5-avgustidan 20-sentyabriga qadar GSM standartidagi quyida ko‘rsatilgan tarif rejalaridan biriga yangi SIM-kartani faollashtirsangiz, siz avtomat ravishda pullik toifadagi chiroyli raqamni katta chegirma asosida xarid qilish imkoniga ega bo‘lasiz! Chegirma ulanayotgan tarif rejasiga qarab belgilanadi. Misol uchun, “Ishbilarmon”, “Royal” yoki korporativ mijozlar uchun “Business Royal” tarif rejalariga ulanganda, siz istalgan pullik toifadagi raqamlardan biriga 60% chegirmaga ega bo‘lasiz. “Street Upgrade” tarif rejasining abonenti bo‘lganda esa, XYY-06-66 kabi kombinatsiya ko‘rinishidagi raqamga 90% chegirmani qo‘lga kiritasiz.








“Qaynoq chegirmalar” aksiyasida ham jismoniy shaxslar, ham yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Aksiyaning muhim shartlaridan biri – Street, OnLime, Flash, Ishbilarmon, Royal tarif rejalaridagi jismoniy shaxslar va Business voice, Business 25, Business 35, Business 50, Business 70, Ishbilarmon, Business Royal tarif rejalaridagi yuridik shaxslar chiroyli raqamlarni chegirma bilan sotib olayotganda, o‘z tarif rejalariga ulangan kundan boshlab 6 marta abonent to‘lovi to‘langan davr mobaynida o‘zgartira olmaydilar.

Shuningdek, Street Upgrade va Flash Upgrade tarif rejalariga ulanish bilan birga chiroyli raqamlarni chegirma bilan sotib olayotganda, abonent o‘z tarif rejasini ulangan kundan boshlab abonent to‘lovi ushlab qolingan 2 to‘langan davr mobaynida o‘zgartira olmaydi.

Endilikda mobil aloqa operatori abonenti bo‘lish – FOYDALI!

UZTELECOM – Milliy operator.

Batafsil ma’lumot uchun 

 

 

 

 



Yangilik bilan ulashish: