01.08.2022

UZTELECOMdan bu mavsumning ajoyib taklifi!



OLTIN toifadagi raqamlarni 75 % lik chegirma narxlarda ulash uchun shoshiling. “Yozgi taklif” aksiyasi ishtirokchisiga aylaning va UZTELECOM bilan foydali muloqotdan zavq oling!

2022-yilning 29-iyunidan 31-avgustigacha har bir abonent chiroyli raqamlar kombinatsiyasi bilan o‘zi xohlagan raqamni eng hamyonbop narxda olish imkoniyatiga ega. Chegirmaning miqdori ulanishda tanlangan tarif rejasiga ko‘ra belgilanadi. Masalan, “MILLIY” yoki “UNITS” seriyasidagi tarif rejalaridan biriga ulanishda abonent 399 000 so‘mlik “chiroyli raqam”ni atigi 100 000 so‘mga xarid qilishi mumkin.

“Yozgi taklif” aksiyasida GSM/CDMA standartidagi mobil aloqaning jismoniy va yuridik shaxs bo‘lgan abonentlari ishtirok etishlari mumkin.

Aksiya 2022-yil 31-avgustgacha amal qiladi.

Batafsil ma’lumot

UZTELECOM – Milliy operator!



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing