19 April 2022

UZTELECOMdan “Tungi Internet” aksiyasi bilan tundan tonggacha onlayn bo‘ling!



2022-yilning 19-aprelidan 19-mayigacha bo‘lgan davrda UZTELECOM milliy operatori abonentlari “Tungi Internet” xizmatidan 80% gacha chegirma bilan foydalanishlari mumkin!

Xalqimiz muborak Ramazon oyiga katta ehtirom va e’tibor ko‘rsatib, belgilangan amallarni bajaradi va kecha-yu kunduzini o‘z-o‘zini rivojlantirish yo‘lida o‘tkazishga intiladi. Ma’lumki, axborot olishning eng asosiy manbalaridan biri Internet bo‘lib, biz u yoki bu ma’lumotni qidirishda, shuningdek qalbimizga yaqin odamlar bilan muloqot qilishda Internetga murojaat qilamiz. Ayniqsa, tungi vaqtini manfaat bilan o‘tkazishni afzal ko‘radiganlar uchun UZTELECOM milliy operatori tungi internet-trafik megabaytlari narxini pasaytirgan holda “Tungi internet” aksiyasini yo‘lga qo‘ymoqda.

Xususan, Aksiya shartlariga ko‘ra, yuqoridagi muddat davomida “tungi” internet-paketlar 80% gacha arzonlashadi!



Aksiya faqat milliy operator (jismoniy shaxslar) abonentlari uchun amal qiladi. Paketlarga ulanish usullari va ushbu xizmat shartlari haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

“TUNGI INTERNET” aksiyasi – tunni foydali o‘tkazing!

UZTELECOM – Milliy operator.



Yangilik bilan ulashish: