21.09.2020

UZTELECOMning “QAYNOQ CHEGIRMALAR”i DAVOM ETMOQDA!


 

UZTELECOMning yangi mobil abonenti bo'lishni istaganlar uchun Milliy operator “QAYNOQ CHEGIRMALAR” aksiyasini davom ettiradi!

Chiroyli, oson esda qoladigan raqamning egasi bo'lish nafaqat hashamat, balki qulaylikdir. Qulay shartlarda sifatli mobil aloqadan istalgan "Chiroyli" raqam egasi bo'lish imkoniyatini 30 oktabrga qadar uzaytirdik!

2020 yil 21 sentabrdan 30 oktabrgacha GSM standartidagi SIM-kartani ko’rsatilgan tarif rejalaridan biriga ulanganda, katta chegirmali chiroyli pullik toifadagi raqamni sotib olish imkoniyati mavjud! Chegirma faollashtirilgan tarif rejadan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Masalan, "Ishbilarmon", "Royal" yoki korporativ mijozlar uchun mo’ljallangan "Business Royal" tarif rejalarini ulab, Siz pullik toifadagi har qanday raqamlarga 60% chegirmaga ega bo'lasiz! "Street UPGRADE" tarif rejasining abonenti bo'lish orqali esa Siz XYY-06-66 kombinatsiyasidagi raqamlardan biriga 90% chegirmaga ega bo'lasiz.

Qulay shartlarda mobil aloqa operatorining abonentiga aylanishga shoshiling!
 

UZTELECOM – Milliy operator!

Aksiya haqida batafsil ma'lumotni mazkur havola orqali bilib olishingiz mumkin



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing