29.10.2022

Munosabat



Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda. 

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “NazoratUz” telegram kanali orqali Kompaniya tomonidan ko‘rsatib kelinayotgan internet xizmatlari sifati, jumladan, internet tezligi talab darajasida emasligidan shikoyat qilingan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Darhaqiqat bugun mamlakatimizda internet tarmog‘i kirib bormagan hudud va undan foydalanmayotgan soha yo‘q. Internet chindan ham asosiy iste’molga aylanib ulgurdi. Biroq, har bir tashkilot yoki fuqaro xonadonida internet xizmatlaridan foydalanishda turli texnik imkoniyatlardan foydalanishadi. Qolaversa, bugun Kompaniya tomonidan taqdim etib kelinayotgan internet tezligi tarif xizmat turiga qarab bir-biridan farqlanadi va aynan qaysi tarif rejasidan foydalanishni iste’molchilarning o‘zlari hal qilishadi. Bu borada Kompaniya mutaxassislari faqat tavsiya berishi mumkin xolos. 

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy o‘rganish ishlari olib boriladi va bu borada murojaat manzili muhim o‘rin tutadi.
“NazoratUz” telegram kanali orqali e’lon qilingan murojaatda keltirilgan masalalar Kompaniya tomonidan kelgusi rejaviy ishlarda qo‘llash uchun ma’lumot sifatida qabul qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing