12.08.2022

Munosabat



Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali @qorqmauzb telegram kanaliga “O‘zbektelekom” AKning Namangan filiali tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan fuqaro murojaat yo‘llagan.
https://t.me/qorqmauzb/3029

Kompaniyaning axborot xizmati @qorqmauzb telegram kanali ma’muriyati bilan bog‘lanib masalaga oydinlik kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro murojaatida yaqinda xizmat faoliyati jarayonida hamkasblari bilan baxtsiz hodisa yuz berganligi va Kompaniyaning tegishli mutaxassislari holatni o‘rganib chiqib,  ushbu vaziyatning baxtsiz hodisa ekanligini bildirishsa-da, viloyat Mehnat boshqarmasi tomonidan mazkur jarayonda nohaq aybdor deb topilayotganligini aytgan. Shuningdek, murojaati davomida bunday hodisalar soha tizimda oldin ham yuzaga kelganligi va ularga bunday chora ko‘rilmaganligini ham ta’kidlab o‘tgan.

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari vaziyatga oydinlik kiritib, ushbu baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablari viloyat Mehnat boshqarmasi, filial mas’ullari va xodimning o‘zining ishtirokida o‘rganilganligi hamda yakuniy xulosalar bilan Mehnat boshqarmasi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdim qilinganligini ma’lum qiladi.

Shu bilan birga, fuqaro murojaatida keltirgan o‘tgan davrdagi baxtsiz hodisa jarayonlarida ham ayni shunday qonuniy yo‘l tutilganligi bildiriladi.

Bundan tashqari, Filial rahbariyati tomonidan yuqorida keltirilgan baxtsiz hodisa yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining Namangan shahar telekommunikatsiya bog‘lamasining 1-toifali mutaxassisiga nisbatan yuritilgan qismini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishda qonuniy yordam so‘rab,  Uychi tuman prokuroriga iltimosnoma yo‘llangan.

Fuqaro murojaatidagi keltirilgan boshqa masalalarni o‘rganish esa filial vakolatlari doirasiga kirmasligini bildiramiz.

 “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing