07 January 2019

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishiga oid bildirish

HURMATLI AKSIYADORLAR!

 

“O‘zbektelekom” AK aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini 2019 yil 16 yanvar kuni soat 10:00 da Toshkent shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 28 “A” uyda joylashgan Kompaniya Bosh ofisining majlislar zalida quyidagi kun tartibida o‘tkaziladi:
 

1.

“O‘zbektelekom” AK aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2.

“O‘zbektelekom” AK yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

3.

“O‘zbektelekom” AK ustav fondini kamaytirish.

4.

“O‘zbektelekom” AK ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o’tkazish to’g’risida aksiyadorlarga xabar berish uchun aksiyadorlarning ro’yxati 2019 yil 4 yanvar holatiga tuziladi.
 

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlarning ro’yxati 2019 yil 10 yanvar holatiga tuziladi.
 

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda qatnashish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki aksiyadorlarning vakillari o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari lozim.
 

Aksiyadorlarni ro'yxatga olish 2019 yil 16 yanvar kuni soat 09:30 dan 10:00 gacha "O'zbektelekom" AK binosida o'tkaziladi.

Ma’lumot uchun telefonlar: 239-23-78, 239-23-55

 

 



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing