07 February 2020

“O‘zbektelekom” AK abonent qurilmalarini taqdim etish bo‘yicha aksiya muddatini uzaytiradi

 

Hurmatli abonentlar!

 

Sizlarga mamnuniyat bilan “Internetga ulaning va abonent qurilmasiga ega bo‘ling” aksiyasi shartlari yangilanganligini ma'lum qilamiz. Endi ushbu aksiya 2020 yil yakuniga qadar davom etadi. Shuningdek, endi aksiyada ishtirok etish imkoniyati yuridik shaxslar uchun ham mavjud. Aksiya doirasida “O‘zbektelekom” AK Internet xizmatlariga ulangan abonentlar uchun abonent qurilmasi xizmatlardan foydalanish davrida saqlash sharti asosida taqdim etiladi.

 

Aksiya shartlari bilan mazkur havolada tanishib chiqishingiz mumkin.



Yangilik bilan ulashish: