15.02.2019

Xalqaro rouming xizmatlari uchun yangi mintaqaviy tariflash

Rouming xizmatlari sifatini yanada oshirish va abonentlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish  maqsadida, 2019 yilning 1 martidan boshlab "O'zbektelekom" AKning "O'zMobile" filiali abonentlari uchun xalqaro rouming xizmatlari uchun yangi mintaqaviy tariflar amal qiladi:                                                                                                                                                                                                   

Xalqaro rouming xizmatlari tariflari (so‘m)

2019 yil 1 martdan boshlab amal qiladi.

 

Mintaqa

Kiruvchi
qo'ng'iroqlar 

Lokal
qo'ng'iroqlar

O'zbekistonga
qo'ng'iroq

SMS

Internet

Xalqaro
qo'ng'roqlar

Sun'iy yo'ldosh
aloqasi

MDH

8000

5000

12500

1500

80000

30000

105000

Yevropa

10000

7500

25000

2500

80000

30000

105000

Osiyo

10000

7500

25000

2500

80000

25000

105000

Afrika va Amerika

10000

10000

25000

2500

80000

25000

105000

Boshqa mamlakatlar

15000

15000

35000

5000

100000

35000

105000

 

Izoh:

1.  Tariflar QQS hisobiga olingan holda  O`zR so`mda ko`rsatilgan.
2.  Barcha qo'ng'iroqlar narxi 1 daqiqa uchun, Internetning narxi 1 MB uchun ko’rsatilgan.
3.  Roumingda kiruvchi SMSlar uchun to'lov olinmaydi.
4.  Roumingdan foydalanuvchi abonentlar kompaniya call-markaziga qo'ng'iroqlarni pullik amalga oshirishadi, rouming tarifiga muvofiq "O'zbekistonga chiquvchi qo'ng'iroqlar" hisobida pul yechib olinadi.
5.  Qo’ng’iroqlar shartli ravishda boshqa raqamga yo’naltirilgan holda, yo’naltirilgan qo’ng’iroq narxi kiruvchi va chiquvchi qo’ng’iroqlar narxlarining umumiy narxidan iborat bo’ladi.
6.  Ovozli qo'ng'iroqlar to'liq daqiqagacha hisobga olinadi.
7.  Internet tarifikatsiyasi kvanti boshlang`ich 32 KB, keyingilarida – 16 KB tashkil topadi
8.  Ushbu tariflar asosiy hisoblanadi. Alohida tarif rejalar uchun chegirmalar bo’lishi mumkin.
9. Tarif zonalari ro'yxatiga kiritilmagan mamlakatlar "Boshqa mamlakatlar" tarif zonasiga kiradi.

 

Mintaqalar bo'yicha mamlakatlarning taqsimlanishini bu yerda ko’rishingiz mumkin.

 



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing