Avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlovchi omillardan biri ustoz-shogirdlik an’anasidir. Ustozlarga ko‘rsatilgan hurmat va ularning boy mehnat tajribasini yosh avlod bilan baham ko‘rishi bu bog‘liqlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Joriy yilning 22–25 sentyabr kunlari sohaning eng yirik tadbirlaridan biri — ICT Week Uzbekistan 2026 boʻlib oʻtdi.
Uztelecom O'zbekiston mobil aloqa infratuzilmasini rivojlantirishning navbatdagi bosqichini amalga oshirdi. 2026-yil iyun oyidan sentabr boshigacha mobil tarmoqning 323 ta obyektida ishlar bajarildi: ishlab turgan 258 ta tayanch stansiya modernizatsiya qilindi, yana 65 ta yangi stansiya qurilib, ishga tushirildi.
“O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali tomonidan mutaxassislarning zamonaviy tarmoq texnologiyalari va abonent qurilmalari bilan ishlash borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Keng polosali tarmoq abonent qurilmalarini o‘rnatish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish” mavzusida tashkil qilingan o‘quv kursi yakunlandi.
ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida Uztelecom ikkita yangi data-markazni foydalanishga topshirdi, zamonaviy raqamli va infratuzilmaviy yechimlarni namoyish etdi hamda hamkorlik bo‘yicha 21 ta kelishuv imzoladi. 22–25-sentabr kunlari davom etgan tadbirda kompaniya biznes va kundalik hayot uchun mo‘ljallangan — bulutli infratuzilma va sun’iy intellektdan tortib, sun’iy yo‘ldosh aloqasi hamda zamonaviy shahar servislarigacha bo‘lgan texnologiyalarni taqdim etdi.
“O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali tomonidan kompaniyaning hududiy menejerlari hamda bosh muhandislari uchun “Telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mavjud muammolar va ularning yechimlari” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.
“TMS Hub” filiali tomonidan muhandis xodimlar uchun tashkil qilingan “Gibrid energiya manbali elektr ta’minoti” mavzusidagi o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Ishonchli va uzluksiz elektr ta’minoti tizimi telekommunikatsiya tarmog‘ining barqaror ishlashini ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Shu bois, navbatdagi o‘quv kursi ayni shu mavzuga bag‘ishlandi.