“Elektron tijorat loyihasini boşqariş” mavzusida seminar - trening ötkazildi
“Özbektelekom” AK “TMS Hub” filiali tarkibiy bölinmalari rahbarlari va xodimlari uçun “Elektron tijorat (e-commerce) loyihasini boşqariş” mavzusida maxsus seminar-trening taşkil etildi.
Soha mutaxassislarining elektron tijorat hamda raqamli xizmatlarni rivojlantirişga oid loyihalarni samarali rejalaştiriş va boşqariş könikmalarini rivojlantiriş maqsadida ötkazilgan mazkur treningda iştirokçilar SimulTrain® simulyatsiyasi orqali loyiha davomida yuzaga keladigan muammolarni hal etiş, vaqt va budjetni boşqariş, resurslarni taqsimlaş, jamoa faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda özgaruvçan şaroitlarda samarali qarorlar qabul qiliş böyiça bilim va könikmalarini mustahkamlaşdi.
Trening davomida “Loyihalarni boşqariş asoslari va elektron tijorat loyihasini rejalaştiriş”, “Elektron tijorat loyihalarining xususiyatlari”, “Loyihani rejalaştiriş”, “SimulTrain® bilan tanişiş va jamoaviy tayyorgarlik” hamda “Amaliy simulyatsiya – elektron tijorat loyihasini boşqariş” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Muvaffaqiyatli yakunlangan seminar-trening söngida iştirokçilarga maxsus sertifikatlar topşirildi.
“Özbektelekom” AK Axborot xizmati