“Gibrid energiya manbali elektr ta’minoti” mavzusidagi o‘quv kursi boshlandi

Ishonchli va uzluksiz elektr ta’minoti tizimi telekommunikatsiya tarmog‘ining barqaror ishlashini ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Shu bois, navbatdagi o‘quv kursi ayni shu mavzuga bag‘ishlandi.
“O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali tomonidan mazkur yo‘nalishdagi muhandis-xodimlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Gibrid energiya manbali elektr ta’minoti” mavzusida o‘quv kursi tashkil qilindi.
O‘quv kursi muhandis-xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, elektr ta’minoti tizimlaridan yanada samarali foydalanishga zamonaviy bilimlar asosida yondashish imkonini beradi.
Kurs davomida ishtirokchilarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati