Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

"Mobil tarmoqning eng yaxshi texnik brigadasi" aniqlandi

 

Bugungi kunda har bir soha faoliyati taraqqiyotini salohiyatli mutaxassislar va iqtidorli yosh xodimlar belgilab beradi. O‘z o‘rnida, soha tizimida bunday kadrlarni kashf etish va ularni munosib rag‘batlantirib borishda tizimga oid tanlovlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida «Mobil tarmoqning eng yaxshi texnik brigadasi» tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda sohada faoliyat yuritayotgan 170 nafar xodim orasidan saralab olingan 24 nafar ishtirokchi jamoa bo‘lib qatnashdi.

Tanlov doirasida ishtirokchilarning mobil aloqa tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish, zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari bilan ishlash, texnik nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, shuningdek, amaliy topshiriqlarni bajarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari baholandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar aniqlandi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ham sayohat uyushtirildi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati

Yangilik bilan ulashish