Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

“Optik tolali aloqa liniyalarida avariya - tiklash ishlarini olib borish texnologiyasi” mavzusidagi o‘quv kursiga start berildi.

 

Telekommunikatsiya tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, aloqa xizmatlari sifatini oshirish va soha mutaxassislarining kasbiy mahoratini rivojlantirish zamonaviy telekommunikatsiya sohasining muhim vazifalaridan biridir. Ayniqsa, avariya holatlarida tezkor harakat qilish, nosozliklarni bartaraf etish va aloqa tarmoqlarini qisqa muddatda tiklash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda “O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filialida “Optik tolali aloqa liniyalarida avariya-tiklash ishlarini olib borish texnologiyasi” mavzusida bevosita o‘quv kursi tashkil etildi

 

Kursning asosiy maqsadi — optik tolali aloqa liniyalarida yuzaga keladigan nosozlik va avariyalarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda tiklash ishlarini tezkor va samarali tashkil qilish bo‘yicha xodimlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

 

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar optik tolali aloqa liniyalaridagi nosozliklarni aniqlash, maxsus uskunalardan foydalanish, avariya-tiklash ishlarini amalga oshirish hamda aloqa tarmog‘ining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha bilim va tajribalarini oshiradilar. Kurs doirasida amaliy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratilib, tinglovchilarning olgan bilimlarini bevosita ish jarayonida qo‘llash, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va tiklash ishlarini samarali bajarish ko‘nikmalarini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

 

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati

Yangilik bilan ulashish