Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

“Soliq va buxgalteriya hisobi qonunchiligidagi o‘zgarishlar” mavzusidagi o‘quv kursi yakunlandi

 

“O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali tomonidan mutaxassis xodimlarning buxgalteriya hisobi va soliqqa oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha bilimlarini oshirish, yangi talablarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish maqsadida “Soliq va buxgalteriya hisobi qonunchiligidagi o‘zgarishlar” mavzusidagi masofaviy o‘quv kursi yakunlandi.

 

Kurs doirasida milliy qonunchilik va хalqaro moliyaviy hisobot standartlari talablarini chuqurroq o‘zlashtirish, shuningdek, soliq hisob-kitoblarini amalga oshirish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, tinglovchilarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikdagi va xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo‘yicha o‘zgarishlarning qiyosiy tahlili, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo‘yicha asosiy vositalar, zaxiralar, ijara hisobi va foyda solig‘i hisobini tashkil etish, qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, ijtimoiy soliqni hisoblash va to‘lash tartiblari hamda ushbu soliqlar bo‘yicha soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar mavzularida bilimlari mustahkamlandi.

 

O‘quv kursi davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash moliyaviy ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash va soliq majburiyatlarini to‘g‘ri bajarishga xizmat qiladi.

Yangilik bilan ulashish