Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

2026 yilning birinchi yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan brifing

 

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan aholining sohaga oid murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Jumladan, 2026 yilning birinchi yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan Kompaniyaga jami 1 919 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 foizga kamaygan.

 

Murojaatlarning 1 669 tasi ariza, 193 tasi shikoyat, 54 tasi xat va 3 tasi takliflar ko‘rinishida kelib tushgan bo‘lib, shundan:

·         1 271 tasi og‘zaki;

·         603 tasi elektron;

·         45 tasi yozma murojaatlardan iborat.

 

Murojaatlarning kelib tushish manbalari bo‘yicha tahlillar quyidagicha:

·         Ishonch telefoni orqali – 1 107 ta;

·         Veb-sayt orqali – 304 ta;

·         Rahbarga murojaat – 247 ta;

·         Rahbarning sayyor qabuli – 74 ta;

·         Call-markaz orqali – 57 ta;

·         Elektron pochta orqali – 47 ta;

·         Xalq qabulxonasi orqali – 43 ta;

·         Veb-sayt orqali Xalq qabulxonasiga – 12 ta;

·         Rahbarning shaxsiy qabuli – 10 ta;

·         Mobil ilova orqali – 8 ta;

·         Prezident pochtasi orqali – 6 ta;

·         Prezident Xalq qabulxonasi orqali – 4 ta murojaat qabul qilingan.

 

Murojaatlarning asosiy qismi simli internet tarmog‘iga yangi ulanish, simli internet, mobil aloqa va mobil internet sifati, tariflar narxlari, shuningdek, tayanch stansiyalarini o‘rnatish va olib tashlash masalalari bilan bog‘liq.

 

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, jami 1 919 ta murojaatdan 1 798 tasi bevosita hamda huquqiy ma’lumot berish orqali ijobiy hal etilgan.

Qolgan 121 ta murojaatning ma’lum qismi yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, ularning ma’lum qismi kelgusida faoliyatga joriy etish maqsadida taklif sifatida qabul qilingan.

 

Ta’kidlash joizki, aholi murojaatlarini o‘rganishning eng yaxshi mexanizmi – bu sayyor qabulxonalar bo‘lib, Kompaniya tomonidan joylarda bunday tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

 

Jumladan, joriy yil boshidan hozirga qadar:

·         Jizzax viloyatining Sharof Rashidov;

·         Andijon viloyatining Asaka;

·         Farg‘ona viloyatining Furqat;

·         Qashqadaryo viloyatining Kasbi;

·         Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumani;

·         Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sayyor qabullar tashkil etilgan.

 

Sayyor qabullarda aniqlangan murojaatlar joylarning o‘zida ijobiy hal etib kelinmoqda.

 

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

Yangilik bilan ulashish