07 June 2021

Aloqa xizmatlari uchun to‘lovlarni “Apelsin” mobil ilovasi orqali to‘lang va yanada ko’proq bonuslarga ega bo‘ling



Endilikda, abonentlar “Apelsin” mobil ilovasi orqali telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirganlarida, apelsinlar ko‘rinishidagi bonuslariga yanada ko’proq ega bo‘ladilar. To‘plangan apelsinlarni esa abonent UZTELECOMning GSM standartidagi mobil aloqa abonentlari uchun mo’ljallangan bonusli Internet to‘plamlariga almashtirishi mumkin.

Bonusli Internet-to’plamlar

Bonuslarda Internet to'plamining narxi

Trafik hajmi, MB

To’plamning amal qilish muddati, kun

Bonus Apelsin 250 MB

60

250

3

Bonus Apelsin 500 MB

110

500

5

Bonus Apelsin 1000 MB

200

1 000

7


Bu hali hammasi emas! Endilikda, UZTELECOM abonentlariga Apelsin mobil ilovasini yuklab olishganlarida 500 MB o’z ichiga oluvchi Welcome Bonus 500 paketi 7 kun muddatga taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, aloqa xizmatlari uchun to‘lovlarni turli to‘lov tizimlari orqali toʻlash bilan bir qatorda, abonentlar uchun Kompaniyaning MyUZTELECOM mobil ilovasida ham to‘lash va bonuslar olish imkoniyati mavjud.

Abonentlarimizga aloqa xizmatlari uchun to‘lovlarni yanada soddalashtirishga harakat qilmoqdamiz!

Batafsil ma'lumot mazkur havolada

UZTELECOM – Milliy operator!



Yangilik bilan ulashish: