26.04.2021

Barcha aloqa xizmatlari, smartfonlar va ularga tegishli har qanday aksessuarlar bir ofisda


 

UZTELECOM butun respublika bo‘ylab sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarini modernizatsiya qilish hamda yangilash bo‘yicha yirik loyhalarni amalga oshirishni davom ettirmoqda – bu esa mamlakat telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish yo‘lidagi yana bir qadamdir. Poytaxtning ikki nuqtasida – Chilonzor (manzil: Chilonzor-M dahasi, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 8А) va Mirzo Ulug‘bek (manzil: Sayram ko‘chasi, 7-proyezd, 2-uy) tumanlarida shinam va yangilangan sotuv ofislari abonentlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Qayta to‘liq ta’mirlangan ofislarning xususiyatlar shundaki, unda mijozlarga keng aloqa xizmatlaridan tashqari, STARS RETAIL bilan hamkorlikda eng zamonaviy abonent qurilmalarini sotib olish taklif etiladi. Dunyoning ilg‘or smartfon ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari, ko‘plab aksessuarlar va eng keng turdagi quvvatlash qurilmalari, simlar, akkumulyator va boshqa zarur ashyolar mujassam. Bularning muhim jihati shundaki, barcha mahsulotlar sertifikatlangan bo‘lib, qonuniy ravishda mamlakatga olib kelingan (IMEI kodlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan) va kerakli kafolatli xizmat bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, smartfon sotib olayotganda xaridor uch turdagi muddatli to‘lovlarga ega bo‘lishi ham mumkin: 
 

  • Muddatli to‘lov - 3 oyga, oldindan to‘lovsiz va foizsiz;
  • Muddatli to‘lov - 6 oyga, 20% qo‘shimcha qiymat bilan;
  • Muddatli to‘lov - 30% qo‘shimcha qiymat bilan 12 oyga.

 

Muddatli to‘lovlarning barcha turlari uchun oldindan to‘lov mavjud emas.  Muddatli to‘lovni olish uchun pasportning asl nusxasi va yil bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida Ma’lumotnoma taqdim etish zarur.

Toshkentning Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida yangilangan sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha “ikki karra” faoliyat yuritadi. Bir joyning o‘zida abonentlar telekommunikatsiya xizmatlarining barcha turlariga ulanishlari, to‘lovni amalga oshirishlari va servisdan foydalanish imkoniga ega, shuningdek dunyo brendlarining abonent qurilmalarini xarid qilishlari ham mumkin.

UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarini qayta to‘liq ta’mirlash loyihasining asosiy konsepsiyasi abonentlar uchun eng shinam va qulay ofislarni yaratishdir.

Yangilangan ofislarda kompaniya abonentlari UZTELECOM Milliy operatorining barcha xizmatlaridan hech bir istisnosiz uy Internetidan tortib to mobil aloqagacha bir joyda teng ravishda tez hamda qulay tarzda ulashlari mumkin.

UZTELECOM – Milliy operator.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing