17 November 2018

"Bolajon" tarif rejasi -farzandlarimizga bo'lgan g'amxo'rlik

UZTELECOM UZMOBILE GSM abonentlari uchun qulay va arzon BOLAJON tarifini taqdim etadi.

Ushbu tarif bolani kutilmagan xarajatlardan, kattalar auditoriyasi uchun moʻljallangan va boshqa xavfli axborotdan himoya qiladi. Eng muhimi - bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun yangi bilimlarni olish imkoniyatini yaratadi.

Milliy ZiyoNET tarmogʻining taʼlim portali TAS-IX zonasida joylashgan va minglab foydali resurslarni oʻz ichiga oladi: boy kutubxona, professional tarjima xizmati, darsliklar va maʼlumotnomalar bazasi, xorijiy tillarni oʻrganish uchun resurslar, foydali oʻyinlar va boshqalar. “BOLAJON“ tarif rejasida faqat ZiyoNET milliy taʼlim tarmogʻining tasdiqlangan resurslaridan foydalanish mumkin.

Ushbu tarif smartfon sozlamalariga qoʻshimcha ravishda qoʻshiladi va BOLAJON ni faollashtirib, ota-onalar bolaning axborot muhitidan xotirjam boʻlishlari mumkin.

Yangi tarifning narxi qimmat emas va oyiga 18000 soʻmni tashkil qiladi. Tarifga bir oy uchun 200 daqiqaga, 200 SMS va ZiyoNET saytlariga kirish uchun 2000 Mb limit kiritilgan. Ulanish faqat jismoniy shaxslar uchun mavjud. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq UZMOBILE tarmogʻiga ulanish 18 yoshdan boshlab amalga oshirilishi mumkin, shuning uchun ushbu tarifdagi raqamlar ota-onalardan biriga beriladi. Batafsil maʼlumot.

BOLAJON tarif rejasi bolalarga gʻamxoʻrlik bilan!





Yangilik bilan ulashish: