Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

Brifing: “Oʻzbektelekom” AKning ICT Week Uzbekistan 2026 koʻrgazmasidagi ishtiroki toʻgʻrisida

 

Joriy yilning 22–25 sentyabr kunlari sohaning eng yirik tadbirlaridan biri — ICT Week Uzbekistan 2026 boʻlib oʻtdi.

 

Yangi gʻoyalar va istiqbolli hamkorliklarni birlashtiruvchi muhim maydonga aylangan haftalikda “Oʻzbektelekom” AK oʻzining zamonaviy raqamli xizmatlari, innovasion mahsulotlari hamda ilgʻor texnologik yechimlarini keng namoyish etdi.

 

Tadbir doirasida “Oʻzbektelekom” AK Buxoro va Qoʻqon shaharlaridagi yangi data-markazlarni foydalanishga topshirdi.

Bundan tashqari, kompaniya Toyota Tsusho, NTT DOCOMO BUSINESS va NEC kompaniyalari bilan hamkorlikda APN foton tarmogʻi pilot loyihasini ishga tushirdi.

 

Shuningdek, kompaniya “UZ-SAT” QK MCHJ bilan hamkorlikda Amazon Leo loyihasini yoʻlga qoʻydi.

 

Tadbirning ikkinchi kuni Uztelecom “Sun'iy intellekt – kelajak biznesi uchun infratuzilma” forumini oʻtkazdi. Unda sun'iy intellekt texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, ma'lumotlarni himoya qilish va malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

 

Umuman olganda, zamonaviy raqamli xizmatlar yangi bosqichga chiqayotgan bir davrda “Oʻzbektelekom” AK aholiga taqdim etilayotgan xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida umumiy 21 ta hamkorlik kelishuvini imzoladi.

 

Ushbu kelishuvlar natijasida yoʻlga qoʻyiladigan hamkorlik faoliyatlari soha taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berishi bilan ahamiyatlidir.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

Yangilik bilan ulashish