Chegarasiz aloqani UZTELECOM bilan qarshi oling!
UZTELECOM milliy operatori o‘z xizmat doirasini kengaytirmoqda hamda foydali, sifatli rouming xizmatlari orqali o‘z abonentlariga dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida, o‘z yaqinlari bilan aloqada bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi!
Sizlarga katta quvonch bilan shuni ma’lum qilamizki, 2020-yil 30-oktabrdan boshlab UZTELECOM mobil aloqa abonentlari uchun rouming xizmatlari tariflari arzonlashtiriladi va maqbulroq narxlarga ega bo‘ladi!
Rouming xizmatlari uchun yangi tariflarda mamlakat va yo‘nalishlarga qarab, Internet xizmatlari narxi sezilarli ravishda arzonlashtirildi, narxlar pasayishi 80 barobargachani tashkil qilmoqda. O‘zbekistonga qo‘ng‘iroqlar uchun narx 6,3 barobargacha, mahalliy qo‘ng‘iroqlar 1,5 barobargacha, kirish qo‘ng‘iroqlari 2,5 barobargacha pasaytirildi hamda SMS xabar yuborish esa 3,3 barobargacha arzon narxni tashkil qilmoqda.
Quyida barcha kiritilgan tarif zonalari uchun qo‘ng‘iroqlar, SMS va mobil Internet tariflari bilan tanishishingiz mumkin:
Narxlar barcha soliqlarni o‘z ichiga olgan holda ko‘rsatilgan.
UZTELECOM - Milliy operator!