Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

Data Science, Big Data Analytics va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida bilimlar oshirilmoqda

Bugungi kunda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni samarali tahlil qilish va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish zamonaviy mutaxassislar uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu yo‘nalishlarda bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida “O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali tomonidan “Data Science, Big Data Analytics, AI” mavzusida masofaviy o‘quv kursi tashkil etildi.
 

O‘quv kursi doirasida Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi bosh mutaxassisi Abduboqiev Dovudxon G‘aybullo o‘g‘li tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
 

Mashg‘ulotlar davomida ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, sun’iy intellekt texnologiyalari hamda mashinali o‘qitish modellarining ishlash tamoyillarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, Python ekotizimidagi NumPy, pandas, scikit-learn va Plotly kutubxonalari yordamida ma’lumotlarni yuklash, tozalash, tahlil qilish va vizuallashtirish, mashinali o‘qitish modellarini mustaqil yaratish hamda ularning samaradorligini baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirilmoqda.
 

O‘quv kursi tinglovchilarning zamonaviy raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, kasbiy salohiyatini oshirish hamda tahliliy natijalar asosida samarali yechimlar ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangilik bilan ulashish