Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

Hududiy menejerlar va bosh muhandislar uchun o‘quv kursi tashkil qilindi

“O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali tomonidan kompaniyaning hududiy menejerlari hamda bosh muhandislari uchun “Telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mavjud muammolar va ularning yechimlari” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.

 

O‘quv kursi soha xodimlarining mazkur yo‘nalishdagi kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, telekommunikatsiya tarmog‘ini samarali boshqarish, mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish va amaliy yechimlarni ishlab chiqish salohiyatini mustahkamlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

 

Kurs doirasida telekommunikatsiya tarmog‘ini ekspluatatsiya qilish, raqamli iqtisodiyot, loyihalarni boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurashish, zamonaviy rahbarlik va samarali jamoani shakllantirish kabi dolzarb yo‘nalishlar qamrab olinishi rejalashtirilgan.

 

O‘zlashtirilgan bilimlar hududiy filiallarda boshqaruv va texnik jarayonlar samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda mavjud muammolarga zamonaviy va tizimli yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Yangilik bilan ulashish