24 March 2020

Hurmatli abonentlar (Jismoniy shaxslar)!


Respublikamiz boʼylab koronavirusning tarqalishini oldini olish boʼyicha koʼrilayotgan keng koʼlamli tadbirlar doirasida, amalga kiritilgan karantin vaqtida aholini ijtimoiy himoyasini taʼminlash maqsadida, yashash joyida telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun “Oʼzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi barcha sharoitlarni yaratmoqda. Shu jumladan, Kompaniya tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori, 2-bandi, 7-xatboshiga koʼra ikki oy davomida fuqarolar UZTELECOM savdo belgisi ostida koʼrsatiladigan Internet va telefon aloqasi xizmatlari uchun toʼlovlar oʼz vaqtida amalga oshirish imkoni mavjud boʼlmagan abonentlar uchun xizmat koʼrsatish toʼxtatilmasligini eʼlon qilamiz. Bunda siz foydalanayotgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun toʼlov hisoblanadi, lekin xizmat koʼrsatish toʼxtatilmaydi.

Shu bilan birga, debitorlik qarzi yuzaga kelishini oldini olish maqsadida koʼrsatilayotgan xizmatlar uchun toʼlovlarni amalga oshirishingiz soʼraladi.

Hurmatli abonentlar uyingizdan chiqmagan holda, foydalanayotgan telekommunikatsiya xizmatlari hisobini toʼldirishingiz uchun MyUztelecom mobil ilovasidan yoki boshqa onlayn toʼlov tizimlaridan foydalanishingiz mumkinligini eslatib oʼtamiz.

Biz siz uchun xizmat koʼrsatamiz, siz biz uchun uyda qoling!



Yangilik bilan ulashish: