10 July 2019

Internet xizmatlariga ulanish uchun arizalarni endi onlayn rejimda berish mumkin

 

2019 yilning 10 iyuldan e’tiboran keng polosali aloqa xizmatlariga ulanish uchun «O’zbektelekom» AKning savdo bo‘limlariga tashrif buyurmagan holda onlayn rejimda ariza berish mumkin. Keng polosali aloqa xizmatlariga ulanish uchun murojaat qiluvchi muayyan mijozlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, arizalar bevosita «1084» qisqa raqami bo‘yicha Axborot markaziga qo‘ng‘iroq orqali, Kompaniyaning rasmiy sayti orqali, yoki onlayn muloqot yordamida qabul qilinadi.
 

Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda «O'zbektelekom» AK aloqa xizmatlariga ulanish uchun ariza berishdan boshlab mijozlarga yo‘naltirilgan o‘z yondoshuvini namoyon etmoqda.
 

Ishonchli yuqori tezlikdagi Internet, qulay va arzon tariflar, onlayn ariza berish har qanday qulay usulda.
 

Batafsil ma`lumot uchun, bizning Facebook texnik qo`llab-quvvatlash jamoasi.
 

Biz bilan qulay bo‘lishi uchun biz barchasini amalga oshiramiz!



Yangilik bilan ulashish: