28 July 2022

Konstitutsiya loyihasi muhokamasi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi



Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar, shuningdek joriy yil 25 iyun kunidan boshlab “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilganidan boshlab, barcha tashkilot va idoralarda aholi vakillari ishtirokida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

“O‘zbektelekom” AK Sirdaryo filialida ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar yuzasidan 30 nafar filial xodimi va XDP vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining eng yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunini yana-da rivojlantirish va takomillashtirish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Konstruktiv tarzda o‘tgan davra suhbatida xodimlar mazkur loyiha to‘g‘risida batafsil maʼlumotga ega bo‘ldilar.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing