15 August 2022

Maxsus seminarda chegaradosh hududlarda telekommunikatsiya xizmatlari koʻlamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi



Telekommunikatsiya xizmatlarini chekka hududlarda ham takomillashtirish bo‘yicha ishlar jadal tarzda davom etmoqda. Aholiga ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari uchun sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar mas’uldir. Shu munosabat bilan “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialida viloyatning eng chekka - Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh Tuproqqal’a tumanida viloyatdagi barcha telekommunikatsiya bog‘lamalari mutasaddilari ishtirokida viloyat telekommunikatsiya tarmog‘ida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar-treningda abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar dorasini kengaytirish, muomala madaniyati, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan fikrlar tinglandi. Kelgusida aloqa sohasida takomillashgan tizimdan aholining keng foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.



Yangilik bilan ulashish: