Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

Mijozga yo‘naltirilgan xizmat — samarali faoliyatning muhim omili

Bugungi kunda mijozlar ehtiyojlariga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish hamda har bir murojaatga individual yondashish xizmat ko‘rsatish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, xodimlarning mijozlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “O‘zbektelekom” AK G‘arbiy filiali xodimlari uchun “TMS Hub” filiali tomonidan tashkillashtirilgan “Mijozga yo‘naltirilganlik: biznesga mijoz ko‘zi bilan qarash” mavzusida ko‘chma seminar-treningga start berildi.

 

Mazkur seminar-trening Navoiy va Buxoro viloyatlarida tashkil etilib, filial xodimlarining mijozga yo‘naltirilgan yondashuv bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

 

Trening davomida ishtirokchilarga mijoz bilan o‘zaro munosabat jarayonini to‘g‘ri anglash, uning ehtiyoj va kutuvlarini aniqlash, mijoz tajribasining muhim bosqichlarini tahlil qilish hamda vaziyatga mos samarali yechimlarni taklif etish bo‘yicha amaliy bilimlar beriladi.

 

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar mijoz bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlarini amaliyotda qo‘llash, mijoz ehtiyojlarini to‘g‘ri aniqlash va samarali kommunikatsiya orqali yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari ko‘zda tutilgan.

 

“Mijozga yo‘naltirilganlik: biznesga mijoz ko‘zi bilan qarash” — bu nafaqat xizmat ko‘rsatish madaniyatini rivojlantirish, balki mijoz ishonchi va sadoqatini mustahkamlash, xizmatlar sifatini oshirish hamda tashkilot faoliyatining samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan muhim amaliy qadamdir.


"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati

Yangilik bilan ulashish