12 August 2022

Mirzaobodda telekommunikatsiya xizmatlari ko‘lami kengaymoqda



Bugun mamlakatimiz bo‘ylab tezkor va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari yetib borgan hududlarda asta-sekin raqamli iqtisodiyot ham rivojlanmoqda. Ya’ni yurtimiz aholisiga elektron xizmatlar, onlay xarid va masofaviy ta’lim dasturlaridan foydalanish imkoni yaratilmoqda.

“O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasida mazkur imkoniyatlardan bugungi kunda respublikamizning olis hududlarida istiqomat qilayotgan aholi vakillari ham bahramand bo‘lmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida joylashgan va “Obod mahalla”, “Obod qishloq” daturiga kiritilgan Oydin MFY Mustaqillik ko‘chasida bajarilgan ishlar fikrimiz tasdig‘idir.

Kompaniyaning Sirdaryo filiali va Mirzaobod tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi xodimlari tomonidan ushbu hududga 1.2 km magistral aloqa kabellari tortish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, tumandagi Navrо‘z MFY, Yoshlar iqtisodiy zonasidagi 1 km masofada yog‘och aloqa ustunlari beton ustunlarga almashtirilmoqda.

Aytish kerakki, faoliyatlar natijasida mazkur hududlarda yashovchi aholi vakillariga optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati taqdim etilmoqda. Endilikda Oydin MFY Mustaqillik ko‘chasi va Navrо‘z MFY aholisiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish yanada qulay va osonlashadi.

Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatlar Kompaniya tomonidan respublikamiz bo‘ylab amalga oshirilmoqda.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati



Yangilik bilan ulashish: