27 July 2022

Murotali qishlog‘i aholisi internet xizmatlaridan GPON texnologiyasi asosida foydalanmoqda



Bugun mamlakatimizning chekka hududlarida ham zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Bu esa mazkur soha faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirishni taqozo etmoqda.

Shu bois, “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallari tomonidan joylardagi mavjud infratuzilmani modernizatsiyalash va aholiga yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatini yaratib berish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida yurtimizning viloyat, shahar va tuman markazlaridan olis hududlarida ham aloqa sohasi rivojlanmoqda.

Jumladan, Murotali qishlog‘i Piskent tumani markazidan 20 km uzoqlikda joylashgan va bugun u yerda yashovchi aholi vakillari qishloq hududidan chiqmay turib, dunyoning istalgan nuqtasidagi yaqinlari bilan onlayn muloqot qilishi mumkin. Sababi, 980 ta xo‘jalikda qariyib 5 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiluvchi ushbu qishloqda bugungi kunda yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratib berilgan.

Buning uchun Kompaniyaning Toshkent viloyat filiali va Piskent telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan mazkur hududga 10 km uzunlikda optik tolali aloqa kabellari tortib borildi.

Ayni paytda qishloq aholisning internet xizmatlaridan zamonaviy GPON texnologiyasi orqali foydalanishi uchun zaruriy sharoit mavjud.

“O‘zbektelekom” AK tomonidan ushbu yo‘nalishdagi faoliyatlar respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda.



Yangilik bilan ulashish: