Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy - ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
“O‘zbektelekom” AKda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi ostida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Kompaniya ijroiya apparati, “TMS Hub” va Markaziy filial xodimlari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Davra suhbati avvalida “O‘zbektelekom” AK Boshqaruv raisining axborot xizmati bo‘yicha maslahatchisi T. Mamadjanov hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M. Raximov tadbirning mazmun-mohiyati va undan ko‘zlangan maqsad haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng tarix fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Fayzulla Ernazarov mamlakatimiz mustaqilligining tarixi, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida erishilgan yutuqlar haqida ma’ruza qildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati