18 February 2019

"My Uztelecom" - mobil ilovasi



"My Uztelecom" – Uzmobile va Uzonline abonentlari uchun "O'zbektelekom" AK xizmatlaridan foydalanish  uchun  oson va qulay bo'lgan rasmiy mobil ilova.

Smartfoningizga ilovani o'rnatish orqali siz uyingizdagi simli Internet holati haqida ma'lumot olishingiz va mobil aloqa xizmatlaridan oson, tez va qulay foydalanishingiz mumkin.

My Uztelecom sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

• Uzonline shaxsiy kabinetingizni ulash:
- trafik qoldig’ini tekshirish;
- shaxsiy kabinetga kirish;
- Kompaniyaning tarif rejalari va yangiliklar bilan tanishish.

• Uzmobile uyali aloqa xizmatlarini boshqarish:
- hisob bo‘yicha trafik qoldig’ini tekshirish;
- yangi xizmatni yoqish yoki boshqa xizmatni o'chirish;
- tarif rejalarini o'zgartirish va mavjud tarif reja haqida ma'lumot olish;
- SMS, Internet va ovozli paketlarni xarid qilish.

Yuklab olish uchun:    1. IOS            2. Android



Yangilik bilan ulashish: