13 August 2019

«O‘zbektelekom» AK «Aloqachi» bolalar oromgohida kompyuter kurslarini tashkillashtirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining uchinchi tashabbusi doirasida “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali tomonidan Toshkent viloyatidagi TShTT filialining “Aloqachi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv darslari tashkillashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusning uchinchi yo‘nalishi aholi va yoshlarning Internet va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish malakasini oshirishga yo‘naltirilgan.

O‘quv darslarida “O‘zbektelekom” AK xodimlarining 200 nafardan ziyod 10-13 yosh va 14-17 yoshdagi farzandlari tahsil olishmoqda. Ulardan yosh va til bo‘yicha guruhlar shakllantirildi.  

Bundan tashqari, oromgohdagi mazkur o‘quv darslarida Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 4-son maxsus maktab-internat o‘quvchilari ham ishtirok etishmoqda.

“O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi”ning qisqam muddatli o‘quv kurslari 30 avgustga qadar davom etadi.





Yangilik bilan ulashish: