28 October 2019

“O‘zbektelekom” AK jamoasi futbol bo‘yicha “Bosh vazir kubogi”da ikkinchi o‘rinni egalladi

 

18-27 oktabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, Yirik korxona va tashkilotlarning xodimlari o'rtasida "Bosh vazir kubogi" uchun futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) bo‘yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.

Futbol bo'yicha "Bosh vazir kubogi" musobaqalari "Bunyodkor" futbol akademiyasining mashg'ulotlar maydonida bo'lib o'tdi. Futbol musobaqasida jami 64 ta jamoalar ishtirok etdi.

Musobaqada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda "O'zbektelekom" AK jamoalari yarim finalga chiqish imkonini qo‘lga kiritishdi.
 

26 oktabr kuni “Milliy” stadionda "O'zbektelekom" AK jamoasi finalda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi bilan kuch sinashdi.

Kompaniya muxlislari tomonidan qo'llab-quvvatlangan kuchli bahs natijasida jamoamiz minimal - 1:0 hisobida o‘yinni boy berdi va ikkinchi o'rinni egalladi.

Final uchrashuvidan so'ng taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi va unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Aziz Abduhakimov, O'zbekiston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov va Suv xo‘jaligi  vaziri Shavkat Hamroevlar ishtirok etdi.

 "O'zbektelekom" jamoasi kumush medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston tarixidagi ilk “Bosh vazir kubogi” g'oliblari va sovrindorlarini tabriklaymiz!





Yangilik bilan ulashish: