19 December 2019

“O‘zbektelekom” AK ma’lumotlarni qayta ishlash markazida "World of Tanks" o‘yin to‘plami joylashtirildi

O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyo o‘yin ishqibozlari uchun ajoyib yangilik. “O‘zbektelekom” AK "World of Tanks", "World of Warplanes", "World of Warships" va boshqalar kabi mashhur kompyuter o‘yinlarini yaratuvchilari hisoblangan, butun dunyoga mashhur “Wargaming” kompaniyasi, shuningdek "G-Core Labs" texnologik kompaniya bilan hamkorlikda, “O‘zbektelekom” AKning “Axborot tizimlari” fililali ma’lumotlar markazida yangi RU11 o‘yin to‘plami, World of Tanks o‘yinlarini o‘rnatdi.

“O‘yin uchun 1.7 yangilanish talqini chiqishi bilan yangi RU11 serveridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. U O‘zbekistonda, Toshkent shahridagi ma’lumotlar markaziga joylashtirildi. Bu eng zamonaviy tarmoq, hisoblash uskunalari va ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot majmuasi bo‘lgan kuchli ma’lumot markazi hisoblanadi. Endilikda Markaziy Osiyo foydalanuvchilari World of Tanks da o‘ynash yanada qulay bo‘ladi”, deb xabar qilinadi Kompaniya saytida.



Yangilik bilan ulashish: