Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

Ona tili – millatning bebaho ma’naviy boyligi

 

“O‘zbektelekom” AKda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 37 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
 
Kompaniya ijroiya apparati, Markaziy va “TMS Hub” filiallari xodimlari hamda faol yoshlar ishtirok etgan tadbir avvalida “O‘zbektelekom” AK Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Murodjon Raximov ona tili va uning millat taqdirida tutgan o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.
 
Shundan so‘ng Boshqaruv raisi maslahatchisi Xurshid Mirzoxidov tadbir ishtirokchilarini O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, har bir til millatning boyligi ekanligi, ona tilini asrab-avaylash esa har bir insonning burchi ekanini ta’kidladi.
 
Tadbir davomida falsafa fanlari doktori, dotsent, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, shoira Shaxlo Ahrorovaning davlat tiliga bag‘ishlangan ma’ruzasi tinglandi. Mutaxassis ma’ruzasida o‘zbek tilining tarixi va rivojlanish bosqichlari, shuningdek, ona tilimizning kelajagi xususida hayotiy misollar asosida ma’lumot berdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tadbir qatnashchilari ishtirokida diktant olindi.
 
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

Yangilik bilan ulashish