Qatag‘on qurbonlari, ajdodlar xotirasi yod etildi
“O‘zbektelekom” AK hamda Markaziy filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Filialning bir guruh xodimlari va faol yoshlari uchun poytaxtimizdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Ishtirokchilar tashrif davomida muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, o‘tmishning murakkab davrlarida xalqimiz boshidan kechirgan qatag‘on siyosati, uning ayanchli oqibatlari hamda istiqlol yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Muzeydagi eksponatlar, tarixiy hujjatlar va ma’lumotlar o‘tmish saboqlarini chuqur anglash, ajdodlar xotirasiga hurmat bilan qarash va bugungi tinch hamda farovon hayotning qadriga yetish zarurligini yana bir bor eslatdi.
Bunday ma’rifiy tadbirlar soha xodimlari, ayniqsa, yoshlarning tarixiy tafakkurini yuksaltirish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda muhim o‘rin tutishi bilan ahamiyatlidir.
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati