Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

Quva tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

 

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Sharqiy filiali tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlarining telekommunikatsiya xizmatlariga oid murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash va ularni hal etish maqsadida Farg‘ona viloyati Quva tumanining “Katta Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sayyor qabul tashkil etildi.
 
Sayyor qabul davomida hududda sohaga oid amalga oshirilgan ishlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, kiber xavfsizlik borasidagi qilingan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilgan loyihalar xususida batafsil ma’lumot berildi.
 
Shundan so‘ng, fuqarolarning internet va telekommunikatsiya xizmatlari, xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud infratuzilmadan foydalanish hamda boshqa sohaga oid masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
 
Murojaatlar mas’ul mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni aksariyati  tartibda joyida ijobiy hal etildi. O‘rganish ishlari ma’lum muddat talab etadigan masalalar yuzasidan esa hududiy mas’ullarga tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
 
O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

Yangilik bilan ulashish