06 Sentabr 2020

Samarqand aholisi uchun telekommunikatsiya xizmatlarining sayyor savdosi va jamoat Wi-Fi zonalari tashkil etildi



 

“O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali 222-ATSda uskunalarni modernizatsiyalash munosabati bilan, Samarqand shahrining Beklar va Nayman mahallalari aholisi uchun yangi texnologiyalar bo‘yicha abonentlarni ulash yuzasidan telekommunikatsiya xizmatlarining sayyor savdosi tashkil etildi. Samarqand viloyati Jomboy, Nurobod va Qo‘shrobod tumanlari aholisi uchun yangi jamoat Wi-Fi zonalari foydalanishga topshirildi.

Ushbu sayyor savdoda “O‘zbektelekom” AK Samarqand filialining mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.

Sayyor savdo davomida fuqarolarga ushbu hududda o‘rnatilgan Huawei kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan zamonaviy MSAN qurilmasi hamda ADSL va VDSL texnologiyalari haqida ma’lumotlar berildi. Qurilmani modernizatsiyalash Internet tarmog‘iga ulanish tezligi va sifatini oshirish imkonini beradi. Sayyor savdo doriasida aholiga VDSL texnologiyasi bo‘yicha qayta ulanish taklif etildi, shuningdek yanada yangi tezkor va amaldagi hamyonbop tarif rejalar haqida ma’lumotlar berildi.

Sayyor savdolar o‘tkazish davomida aholiga UZTELECOM kompaniyasining telekommunikatsiya xizmatlariga yashash joyidan tashqariga chiqmagan holda ulanish imkoniyati taqdim etildi, shuningdek, amaldagi abonentlardan Kompaniyaning telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish chog‘ida vujudga kelgan nosozliklarni bartaraf etish bo'yicha arizalar qabul qilindi.

Mazkur sayyor savdo davomida tumanning Beklar va Nayman mahallalari raislari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, arizalar va telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqildi hamda kompaniyaning kelgusidagi rejalari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv davomida ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholiga telekommunikatsiya sohasiga oida so‘nggi yangiliklar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligini nishonlash arafasida “O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, Samarqand viloyati Jomboy, Nurobod va Qushrobod tumanlarida yangi Wi-Fi zonalarini ishga tushirdi.

Jamoat Wi-Fi zonalari quyidagi manzillarda foydalanishga topshirildi:
 

  • Jomboy tumani avtovokzali va Dehqon bozorida;
  • Nurobod tumani Sahoba qishlog‘i, Sahoba mahallasida;
  • Qo‘shrabod tumani Qirqovul qishlog‘i Bozorjoy MFY.


“O‘zbektelekom” AK hududiy filiallari tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlari va uskunalarini doimiy ravishda modernizatsiya qilinishi O‘zbekistonning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholiga yuqori sifatli hamda zamonaviy aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing