18.08.2020

Samarqand shahri aholisi uchun telekommunikatsiya xizmatlarining sayyor savdosi tashkil etildi




Joriy yilning 17-avgust kuni Samarqand shahri Gagarin ko‘chasi 51-uy yaqinida 37, 49, 51, 51A, 52, 53-uylar aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi yangi Multi-Service Access Node (MSAN) zamonaviy qurilmasi qurib foydalanishga topshirildi. “O‘zbektelekom” AK tomonidan aholi uchun maxsus telekommunikatsiya xizmatlarining sayyor savdosi tashkil etildi. Ushbu sayyor savdoda “O‘zbektelekom” AK Samarqand filialining mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.

Sayyor savdo davomida fuqarolarga ushbu hududda o‘rnatilgan Huawei kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan zamonaviy MSAN qurilmasi hamda ADSL va VDSL texnologiyalari haqida ma’lumotlar berildi. Qurilmani modernizatsiyalash Internet tarmog‘iga ulanish tezligi va sifatini oshirish imkonini beradi. Sayyor savdo doriasida aholiga VDSL texnologiyasi bo‘yicha qayta ulanish taklif etildi, shuningdek yanada yangi tezkor va amaldagi arzon tarif rejalar haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, sayyor savdo davomida aholiga UZTELECOM kompaniyasining telekommunikatsiya xizmatlariga yashash joyidan tashqariga chiqmagan holda  ulanish imkoniyati taqdim etildi, shuningdek, amaldagi abonentlardan Kompaniyaning telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish chog‘ida vujudga kelgan  nosozliklarni bartaraf etish bo'yicha arizalar qabul qilindi.

Mazkur sayyor savdo davomida tumanning 3 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, arizalar va telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqildi hamda kompaniyaning kelgusidagi rejalari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv davomida ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholiga telekommunikatsiya sohasiga oida so‘nggi yangiliklar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing