Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

Sayyor qabul: Baliqchi tumanida aholi murojaatlari o‘rganildi

 

#ijtimoiyfaol

Sayyor qabul: Baliqchi tumanida aholi murojaatlari o‘rganildi

“O‘zbektelekom” AK aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar nazoratini ta’minlash va bu borada joylardagi muroajaat hamda taklif, mulohazalarni o‘rganish maqsadida respublika bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda.

Shu maqsadda ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tashkil qilindi. Kompaniya rahbariyati vakillari ishtirok etgan sayyor qabulda dastlab hududda soha yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, aholining telekommunikatsiya xizmatlari, jumladan yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish borasidagi murojaatlari tinglandi.

Aytish joizki, murojaatlarning aksariyati joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish ishlari ma’lum muddat talab etiladigan holatlar bo‘yicha hududiy mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

Yangilik bilan ulashish