Shaxmat va shashka: zukkolik va strategiya g‘oliblari taqdirlandi
Xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda sport musobaqalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, ushbu masalaga “O‘zbektelekom” AK tomonidan alohida e’tibor qaratib kelinadi.
Jumladan, joriy yilning 9–10-oktabr kunlari Kompaniya ijroiya apparati hamda filiallarda faoliyat yuritayotgan soha xodimlari va yoshlar o‘rtasida Samarqand shahrida shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha final musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada hududlar kesimida o‘tkazilgan saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar shaxmat va shashka yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar.
Ayollar va erkaklar o‘rtasida alohida o‘tkazilgan musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar “O‘zbektelekom” AK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati