Soha mutaxassislari tarmoqlarni rejalashtirish borasidagi bilimlarini mustahkamlashmoqda
.jpg)
Yuqori tezlikdagi internet xizmatlariga bo‘lgan talabning ortishi, raqamli xizmatlar ko‘lamining kengayishi soha xodimlaridan zamonaviy nazariy bilim va ko‘nikmalarni talab etmoqda.
Shu bois, “O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali tomonidan mutaxassislar uchun “Telekommunikatsiya tarmog‘i va abonent lokal tarmoqlarini rejalashtirish, qurish va ishga tushirish” mavzusida navbatdagi o‘quv kursi tashkil qilindi.
Kurs doirasida ishtirokchilar mavzu yuzasidan zamonaviy bilimlar, xususan, optik tarmoq parametrlarini hisoblash hamda aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish borasidagi bilimlarini mustahkamlaydilar. O‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirishga e’tibor qaratiladi.
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati