Soha mutaxassislarining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari oshirildi

“O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali tomonidan mutaxassislarning zamonaviy tarmoq texnologiyalari va abonent qurilmalari bilan ishlash borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Keng polosali tarmoq abonent qurilmalarini o‘rnatish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish” mavzusida tashkil qilingan o‘quv kursi yakunlandi.
Mashg‘ulotlar davomida optik terminallar va Wi-Fi sozlamalari, Switch qurilmalari bilan ishlash, Telecom TV xizmatlarini ulash, lokal tarmoqlarni tashkil etish, SIP Trunk texnologiyasi, IP tarmoqlaridagi xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish va sozlash kabi dolzarb yo‘nalishlar qamrab olindi.
Kurs doirasida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Tinglovchilar real ish jarayoniga yaqin bo‘lgan mashg‘ulotlar orqali abonent qurilmalarini o‘rnatish, sozlash, ulanishlarni tekshirish, texnik nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati