23 November 2019

"TELECOM DEVICES PRO" MChJ (O'zbekiston) va "INDIGO TAJIKISTAN" YoAJ (Tcell savdo markasi) o'rtasida shartnoma imzolandi.


 

22 noyabr kuni "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasida "INDIGO TAJIKISTAN" YoAJ (Tcell savdo markasi) kompaniyasining bosh direktori Ozodxon Davlatshoyev boshchiligidagi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida, TELECOM DEVICES PRO MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan, "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi hududida ishlab chiqarilgan "Tcell" ehtiyojlari uchun telekommunikatsiya qurilmalarini etkazib berish bo'yicha 1 million AQSh dollari miqdoridagi shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.
 

"Telekom Devices Pro" MCHJ 2012 yilda "O'zbektelekom" AK ishtirokida "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan. Korxonaning asosiy faoliyat turi - telekommunikatsiya qurilmalari, elektr jihozlari va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish.

20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 18-27 noyabr kunlari "O'zekspomarkaz" MKMda bo'lib o'tayotgan O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga tashrif buyurdi. 
 

Prezidentimiz yarmarkada namoyish etilgan mahsulotlar bilan tanishdi, sotuvlar va mahalliylashtirish darajasiga katta qiziqish bildirdi. Davlat rahbari sifatni ta'minlash orqali mahalliylashtirishni kengaytirish, import qilinadigan qismlar ishlab chiqarishni o'zlashtirish, yangi ish o'rinlari yaratish, eksportni va xaridorlar sonini ko'paytirish zarurligini ta'kidladi.


"Telekom Devices Pro" MChJ mahsulotlari O'zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida keng namoyish etildi va uning doirasida shartnoma imzolandi.

Uchrashuv davomida "O'zbektelekom" AK va Tojikistonning eng yirik uyali aloqa operatori "INDIGO TAJIKISTAN" YoAJ o'rtasidagi o'zaro hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.



Yangilik bilan ulashish: